Maktablarda bir nechta fanlar o‘tilmasligi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2020-2021 o‘quv yili 14 sentyabrdan boshlanishi kutilmoqda. Maktablarda ijtimoiy masofani saqlash, ortiqcha muloqot qilishlarini oldini olish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi bugun, 4 sentyabr kuni ayrim darslarni o‘tmaslikni tavsiya qildi.

Unga ko‘ra, maktablarda yangi o‘quv yili boshidan quyidagi darslar vaqtinchalik o‘tilishi tavsiya etilmaydi: 

•  jismoniy tarbiya; 
•  chaqiriqqa qadar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik;  
•  musiqa madaniyati; 
•  tasviriy san’at va chizmachilik; 
•  texnologiya; 
•  tarbiya fanlari.

Ushbu fanlar masofaviy ta’lim shaklidagi televizion darslar orqali o‘zlashtirib boriladi. 

Vazirlikning xabariga ko‘ra, mazkur fanlardan dars berayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqi to‘liq saqlab qolinadi va ular maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga jalb etiladi.

Joriy yilning 25 avgust kuni AOKA da tashkil etilgan brifingda Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov maktablarda jismoniy tarbiya darslari o‘tilishi kerakligi haqida gapirgan edi.

“6 oy davomida uyda o‘tirgan bola ham jismonan, ham ruhan ezildi. Endi maktabga borganida yana darslardan cheklash noo‘rin. Jismoniy tarbiya darsi har bir bolaning sog‘ligi uchun zarur. Nima uchun u fanni olib tashlashimiz kerak”, degan edi Sherzod Shermatov.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing