O‘zbekistonda maktablar “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Milliy gvardiyaning qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan ob’ektlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, Milliy gvardiya manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar tasdiqlangan ro‘yxatga asosan ob’ektlarni bosqichma-bosqich qabul qilib oladi va qo‘riqlanishini ta’minlaydi.

Qarorga muvofiq, maktablar va diniy tashkilotlarning ob’ektlari “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi.

Banklar va ular filiallarining qo‘riqlanishini tashkil etish shartlari Milliy gvardiya va Markaziy bank birgalikda tasdiqlagan qoidalarga asosan belgilanadi.

Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan ob’ektlarni qo‘riqlash bilan bir qatorda tranzit yuklarni, transportdagi moddiy boyliklarni, portlovchi, radioaktiv (zaharli) va boshqa vositalarni qurolli qo‘riqlash-kuzatish amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxslarga va tadbirkorlarga tegishli ob’ektlar ularning ixtiyoriga ko‘ra tuzilgan shartnomalarga asosan qo‘riqlanadi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing