Maktablar qayta quriladi va jihozlanadi. Xarajatlar qaysi mablag‘ hisobidan qoplanadi?
Jamiyat
−
28 noyabr 2019
3896Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilgani haqida xabar bergan edik.
Qarorda belgilanishicha, 2020-2022 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini:
- yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash – O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar mablag‘lari;
- mebel, o‘quv-laboratoriya, sport anjomlari va o‘qitishning texnik vositalari bilan ta’minlash – O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari;
- kompyuter texnikasi va ichki lokal tarmoq (tarmoq uskunalari) bilan ta’minlash – xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari;
- zamonaviy isitish tizimi bilan ta’minlash – Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi