Maktablar atrofida fast-fud va energetiklarni sotish taqiqlanishi mumkin
Jamiyat
−
17 avgust 2022
3777Maktablar va ularning atrofida shakarli, gazlangan va energetik ichimliklar, shuningdek tez tayyorlangan taomlar savdosi taqiqlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida o‘smirlar salomatligi va farovonligini mustahkamlash bo‘yicha Milliy Harakatlar Strategiyasi va uni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasida belgilangan.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘smirlarning ovqatlanishi bilan bog‘liq muammolar dolzarbligicha qolmoqda. Masalan, 2017 yilda o‘tkazilgan ovqatlanish bo‘yicha tadqiqotlarga ko‘ra, 5-19 yoshdagi bolalar va o‘smirlar orasida ortiqcha vaznning paydo bo‘lishi o‘g‘il bolalar o‘rtasida 8,4 foizdan 16,3 foizga, qizlar o‘rtasida 11 foizdan 17 foizga, semizlik esa o‘g‘il bolalarda 2 foizdan 5 foizgacha va qizlarda 1 foizdan 3 foizgacha o‘sgan.
Qizlar o‘rtasida noto‘g‘ri ovqatlanish va mikroelementlarning yetishmasligi esa kelajakdagi homiladorlikning og‘ir asoratlariga sabab bo‘ladi.
Shu sababli, maktablar va ularning atrofida shakarli, gazlangan va energetik ichimliklar, shuningdek tez tayyorlangan taomlar savdosi 500 metr atrofidan kam bo‘lmagan hududlarda savdo taqiqlanadi.
Shunda o‘smirlar salomatligi mustahkamlangan, shuningdek ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar oldi olinadi.
LiveBarchasi