Maktab va bog‘chalarni ochishga tayyorgarlik ko‘rilyapti – shtab a’zosi
Jamiyat
−
18 avgust 2020
14772Ayni kunlarda maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov ma’lum qildi.
“Ayni kunlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya me’yorlari ishlab chiqilmoqda. Mazkur me’yorlar Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda barcha tomonidan bajarilishi birdek majburiyligi belgilab qo‘yiladi. Shundan keyin maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablariga faoliyatini boshlash uchun ruxsat beriladi”, deydi Rustam Ikromov.
Shtab a’zosining aytishicha, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘z farzandlarimiz ta’lim olishadi. Bu masalada e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Ishlab chiqilayotgan tadbirlar shunchaki hisobot uchun emas, balki bolalarni ijtimoiy hayotga tezroq qaytarish, karantin sharoitida ularning ruhiyatida kuzatilgan o‘zgarishlarni bartaraf qilish, ular qatnaydigan muassasalarda koronavirus tarqalishiga imkon qadar to‘sqinlik qilishga qaratilgan choralar belgilanishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Xalq ta’lim vazirligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariyni taklif qilgan.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi