Maktab o‘quvchilari o‘g‘irlangani rostmi? IIV munosabat bildirdi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilarini o‘g‘irlashga uringani aks etgan video va shu haqdagi xabarlar tarqaldi. Unda aytilishicha, bolalarni noma’lum mashinadan tushgan yigitlar olib ketmoqchi bo‘lganida, shu atrofdagi uy derazasidan bir ayol baqirgan va noma’lum shaxslar mashinasiga o‘tirib ketgan. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligining Axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, yuqoridagi voqea joriy yilning 1 fevral kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan. Aslida mashinadan tushgan yigitlar o‘quvchilarni o‘g‘irlash maqsadida bo‘lmay, avtomobiliga qarata muz tepgani uchun o‘quvchilarni koyigan va ichki ishlarga olib boraman deya po‘pisa qilgan. Bolalar boshqa bunday qilmasligini aytib uyiga ketgan.

Mashinani haydagan yigitlar tumandagi 113 sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi bo‘lib, avtomobil boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan. Bezorilik qilgan bolalar esa mazkur tumanning 132 sonli maktab o‘quvchilari edi.

“Hozirgi vaqtda bolalar sog‘-salomat, ota-onasi bag‘rida. Avtomashinani boshqarish huquqi bo‘lmagan maktab o‘quvchilarining ota-onasi bilan birga huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing