O‘quvchilar yilning yarmini dam olish bilan o‘tkazib yuboryapti

Jamiyat

image

Ba’zida maktab o‘quvchilari darsga borishdan bosh tortib, turli bahonalar o‘ylab topadi. Odatda ular o‘qishdan charchaganliklarini aytib, “ta’til” so‘zini eshitishi bilan quvonchdan “do‘ppisini osmonga otadi.”

Chunki ko‘pchilik odamlar maktab o‘quvchilari to‘qqiz oy tinimsiz o‘qib, atigi uch oy dam oladi, deb o‘ylashadi.

QALAMPIR.UZ esa O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari aslida necha kun o‘qishi va necha kun dam olishini hisoblab chiqdi.

Unga ko‘ra, 2021-2022 o‘quv yili mobaynida maktab o‘quvchilari jami 175 kun dam olishgan. 

Bu esa yilning qariyb yarmini o‘quvchilar dam olish bilan o‘tqazganliklarini anglatadi. 
•  Yozgi uch oylik ta’til- 92 kun;
•  Darslar 3-sentyabr emas 6-sentyabrdan boshlanganini hisobga olsak, sentyabr oyida – 5 kun;
•  O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 1-oktyabr kuni– 1 kun;
•  O‘quv yilining I choragi tugashi munosabati bilan 4-9-noyabr kunlari ta’til kunlari – 6 kun;
•  8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabatiga – 1 kun;
•  O‘quv yilining II choragi tugashi va Yangi yil bayrami uchun  28-dekabrdan 24-yanvargacha – 28 kun;
•  8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan – 1 kun;
•  O‘quv yilining III choragi tugashi va Navro‘z bayrami munosabati bilan 21-26 mart kunlari – 6 kun;
•  Ramazon hayiti kunini nishonlash uchun 3-may kuni – 1 kun;
•  9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan – 1 kun;
•  O‘quvchilarga yakshanba kuni dars o‘tilmasligini hisobga olsak 2021-yil sentyabr oyidan 2022-yil may oyigacha jami yakshanba kunlari soni – 33 kun.

Bu ma’lumot qayerdan keldi degan savolga, biz quyidagi dam olingan va ta’til kunlari jadvalini keltirishimiz mumkin:

Yuqoridagi hisob-kitoblar ko‘pchilikni hayratga solgan bo‘lishi aniq.

1 yilda 365 kundan iborat ekanligini inobatga olsak, maktab o‘quvchilari yil davomida atigi 190 kun ta’lim olishgan. Bu esa bor-yo‘g‘i olti oydan biroz ko‘proqni tashkil qiladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bu ta’lim muddati yetarli bo‘lishi mumkin. Lekin, yuqori sinf o‘quvchilariga bu muddat kerakligicha bilim olish uchun yetarmikan?

Ayniqsa, Oliy talim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun. 

Ma’lumot uchun, joriy yilda oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun imtihon topshirgan abituriyentlarning yarmidan ortig‘i o‘tish balining eng quyi chegarasi – 56 ballni ham to‘play olmagandi. 

Buni Xalq ta’limi vazirligi.garchi ularning hammasi bu yilgi maktab bitiruvchisi emasligini aytib o‘zini oqlab chiqqan bo‘lsa ham, 56 balldan past to‘plaganlarning barchasi qachondir maktabni bitirgani hech kim uchun sir emas. 

 “Barchani e’tiborini qaratgan asosiy ko‘rsatkich, ya’ni o‘tish ballini to‘play olmagan 514 624 nafar abituriyent ichida joriy yil maktab bitiruvchilari salmog‘iga e’tibor qaratsak. Ular ichida 108 ming nafar abituriyent joriy yil bitiruvchilari hisoblanadi, ya’ni har besh nafardan biri”, deyilgan vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktab o‘quvchilariga kuzgi ta’til boshlanish kuni sanasi e’lon qilingani haqida xabar bergandik.

Samandar Haqqiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

572

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing