Maktab oshxonalarini ochishga ruxsat yo‘q – Shtab a’zosi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda maktablar ochilgandan keyin o‘quvchilar uchun maktab oshxonalari faoliyat yuritmaydi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 1 sentyabrdagi qaroriga asosan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2020-2021 o‘quv yilini 14 sentyabrdan boshlash belgilandi.

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayevaning ma’lum qilishicha, maktab oshxonalari faoliyat yuritishiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat berilmagan. 

Ubaydulayevaning ta’kidlashicha, o‘quvchilar uchun maktab oshxonalari ochilsa, quyidagi talablar asosida faoliyat olib boradi:

•  tana haroratini o‘lchanishi;

•  sog‘lom va issiq ovqatlarni tayyorlanishi;

•  bolalar ovqatlanish uchun o‘tirishlarida masofa 2 metrdan uzoqroq bo‘lishini ta’minlash;

•  bir stolda 4 dan ortiq bolalar o‘tirmasligini ta’minlash;

•  qo‘llarni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish uchun to‘liq sharoit bo‘lishi shart (suv, sovunlar, bir qog‘oz salfetkalar va hokazo). 

Shtab a’zosiga ko‘ra, sanitariya va epidemiologiya xizmati tomonidan doimiy ravishda maktablar oshxonasi sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilishlari o‘rganiladi va nazorat qilib boriladi. Mazkur me’yorlar talab darajasida saqlanishi maktab rahbariyati va xodimlari hamda ota-onalar tomonidan nazoratga olinishi kerak.

Ma’lumot uchun, hozirda maktablardagi barcha ommaviy tadbirlarga ham vaqtinchalik ruxsat berilmagan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing