Maktab bozoridagi narxlar ota-onalarni qoniqtiryaptimi?

Bu qiziq

Bir necha kunlardan so‘ng maktablarda yangi o‘quv yili boshlanadi. Bugun maktab bozorlari, yarmarkalar ota-onalar bilan gavjum. Xo‘sh, ular farzandining o‘quv qurollariyu, kiyim-kechagi uchun qancha pul sarflayapti? Fuqarolar narx-navodan qoniqyaptimi? QALAMPIR.UZ mazkur savollar bilan ularga yuzlandi.

“Hali endi boshladik, narxlar yaxshi. Hammasini hisoblaganda bitta bola uchun uch yuz minglarga borsa kerak. Shunda ham hozir biz faqat eng keraklilarini olyapmiz”, deydi so‘rovnoma ishtirokchilaridan biri.

“Biz endi xarid qilishni boshladik, narxlar yomon emas, yaxshi. Ikki bola uchun mana 446 ming so‘mga xarid qildik”, deya javob berdi boshqa bir xaridor.

Shuningdek, aholining aksariyati bir nafar bolaga to‘liq maktab bozorini qilish uchun kamida bir million sarflanishini aytmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, narxlar sezilarli darajada oshgan.

“Bir bolaga o‘rtacha bir million ketadi, deb o‘ylayapmiz. Uch nafar bolaga maktab buyumlari olishimiz kerak”, deydi nevarasiga bozorlik qilayotgan ayol.

“300-400 ketsa kerak. Faqat o‘quv qurollariga. Hali hisoblab ko‘rmadim. Kiyimlar bilan birga hisoblansa millionga yaqinlashadi”, deydi yana bir fuqaro.

Bundan tashqari, ba’zi aholi vakillari o‘rtacha besh yuz ming so‘mgacha xarajat qilishini ta’kidladi.

“280-300 ming forma uchun rejalashtiryapmiz. Hali narxlarini aniq bilmadim, sifatlisini hali topmadik. To‘liq maktab bozori uchun besh yuz ming yetadi deb o‘ylayman”, deydi yo‘lovchi ayol.

“O‘rtacha besh yuz minglar atrofida sarfladik. Narxlar arzon, bo‘ladi”, deydi boshqa biri.


Maqola muallifi

Teglar

o'quv qurollari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar