Maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

Hukumat qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Nizomga ko‘ra, bitiruvchilarga quyidagi shahodatnomalar beriladi:

▫️tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma (9-sinf);

▫️tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma (9-sinf);

▫️umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma (11-sinf);

▫️umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);

▫️umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);

▫️psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.

Qayd etilishicha, shahodatnoma o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi. Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda har yili 1 dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi. Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi.

Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

Qarorga ko‘ra, 2022-2023 o‘quv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing