Maktab bitiruvchilari OTMga topshirish uchun ID-karta olishi shart

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasalariga xujjat topshirish uchun 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari ID-karta olishi shart. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi eslatib o‘tgan. 

Unga ko‘ra, joriy yilda maktabni tamomlab, OTMga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID karta olishi zarur. 

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar biometrik pasport yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi. 

Shu bois , XTV 16 yoshga to‘lgan (o‘quv yili oxiriga qadar to‘ladigan) bitiruvchilar o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari boshlangunga qadar ID karta olish harakatida (hozirda faqat ID-karta beriladi) bo‘lishini tavsiya etgan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar ID-karta olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing