Maktab avtobusi 200 metrdan quladi. 6 o‘quvchi halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kolumbiyada maktab avtobusi 200 metr balandlikdan quladi. Oqibatda olti nafar o‘quvchi halok bo‘ldi, 15 nafari esa jarohatlandi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi

Qayd etilishicha, hodisa San-Andres munitsipalitetida yuz bergan. Avtobus Shimoliy Santander departamentidagi Laguna de Ortises qishlog‘idan yo‘lga chiqqan.

Yaralanganlar, jumladan, haydovchi vertolyotda voqea joyiga yaqin bo‘lgan shifoxonalarga yotqizilgan.

Kolumbiya Prezidenti Ivan Duke Markes halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan. Shuningdek, ushbu hodisa yuzasidan tegishli muassasalarga tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bergan. 

Avtomobil yo‘llari milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon mamlakatning turli hududlarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarida 1 136 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

298

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing