Makron Jonson bilan Rossiya va Yamanni muhokama qildi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron telefon orqali suhbatlashdi, ular koronavirusga qarshi birgalikda kurashish, shuningdek Rossiya, Yaman va Eron bilan munosabatlarni muhokama qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Hukumati rahbari idorasi tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilgan.

“Rahbarlar avvalo, koronavirusga qarshi kurashni muhokama qildi. Bosh vazir dunyo rahbarlari pandemiyaga qarshi kurashish uchun vaktsinalarni samarali tarqatishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi”, deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, tomonlar Eron, Yaman, Liviya va Rossiya kabi bir qator xalqaro mavzularni muhokama qilgan. Suhbat davomida Buyuk Britaniya Hukumati rahbari mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi Fransiya bilan ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar ochganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing