Makron yana prezidentlik saylovida ishtirok etmoqchi
Olam
−
05 yanvar 2022
2946Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron joriy aprel oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etishni istayotganini bildirdi. Biroq, o‘zini nomzod sifatida rasman e’lon qilmadi. Bu haqda TACC xabar bermoqda.
“Yolg‘on gapirishga hojat yo‘q. Men prezidentlikka yana nomzodimni qo‘yishni xohlayman. Buni yashirmayman. Oxirigacha bora olishimga ishonchim komil bo‘lgandagina rasman nomzodimni ko‘rsataman”, deydi davlat rahbari.
Shuningdek, Makron bu safar prezidentlikka nomzodlar orasida ayollar ko‘pligidan mamnunligini bildirdi.
“Ayol nomzodlar borligi millat uchun juda yaxshi”, deydi u.
Fransiya rahbarining ta’kidlashicha, ma’muriyat va korxonalarda xotin-qizlarning mehnatiga haq to‘lashda tenglik tamoyillarini amalga oshirish zarur. Ularga erkaklar bilan bir xil maosh to‘lanishi kerak.
LiveBarchasi