Makron va To‘qayev. Xakerlar Prezidentlarning telefon suhbatlarini tinglagan bo‘lishi mumkin

Olam

image

Bir necha yuqori martabali siyosatchilar, jumladan Prezidentlar, Bosh vazirlar va hattoki bir podshoh Isroilning “Pegasus” nomli shpion dasturining nishoniga aylandi va xakerlar ularning telefon suhbatlarini yillar davomida eshitib kelgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “The Washington Post” gazetasi xabar bermoqda.

Jurnalistlar “Pegasus” dasturi yordamida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning qo‘l telefoni doimiy kuzatuvda bo‘lgani va suhbatlar tinglanganini aniqlagan. Xabarga ko‘ra, xuddi shu kabi Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning qo‘l telefoni ham xakerlar hujumiga uchragan. 

Jurnalistlar “Pegasus” dasturining qurboni bo‘lgan siyosatchilar va ijtimoiy faollarning ro‘yxatini shakllantirgan. Ular orasida Iroq Prezidenti Barham Solih, Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon, Misr Bosh vaziri Mustafo Madbuli, Marokash Bosh vaziri Saadaddin Osmani va Marokash qiroli Muhammad VI bor.

Qayd etilishicha, ro‘yxatda 34 mamlakatdan 600 dan ortiq hukumat amaldorlari va siyosatchilarning telefon raqamlari mavjud.

Joriy yilning 19 iyuli kuni dunyoning bir qator davlatlari maxfiy xizmatlari “Pegasus” dasturini muxolifatchilar va faollarga josuslik qilish maqsadida sotib olgani ma’lum bo‘ldi. 

Shuningdek, xorijiy razvedka xizmatlari ushbu dastur yordamida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, mamlakat Bosh vaziri Eduard Filipp va o‘n to‘rt vazirning telefonlarini tinglagan bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, Isroilning “NSO Group” dasturiy ta’minot kompaniyasi josuslik ayblovlarini rad etib, dasturning terrorchilarga qarshi kurashga mo‘ljallangani to‘g‘risida bayonot bilan chiqqan. Qayd etish kerakki, Franitsya Prezidenti yuqoridagi holat yuzasida tergov ishlarini buyurgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing