Makron Rossiyaga borish uchun Putinga shart qo‘ydi
Olam
−
17 iyun 2022
18030Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Kiyevga safaridan so‘ng, Rossiya Federatsiyasiga tashrifini istisno qilmasligini aytdi. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar berdi.
“Hozir Rossiyaga safar qilish uchun Prezident Vladimir Putin ma’lum shartlarni bajarishi, qadamlarni bosishi kerak bo‘ladi”, deydi Makron.
Bundan tashqari, u Rossiya Prezidenti bilan aloqani davom ettirish niyatida ekanligini qayd etib o‘tgan.
Makronning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarni tartibga solish uchun Ukraina Moskvaga qanday yon berishlarga tayyor ekanligi borasida mustaqil ravishda qaror qabul qilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 iyun kuni Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis va Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Kiyevga keldi. Ular Kiyev viloyatining Irpen shahrida bo‘lib, urush talafotlarini ko‘zdan kechirdi. So‘ng Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Safardan asosiy maqsad Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni ko‘rsatishdir.
LiveBarchasi