Makron Parijda politsiyachining o‘ldirilishini “islomiy terrorizm” deb atadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijning Rambuye hududida politsiyachining o‘ldirilishini “islomiy terrorizm”ning namoyishi sifatida baholadi. 

“Stefani Rambuye Komissarligida ishlagan. Butun xalq uning tarafida, politsiya tarafida. Biz islomiy terrorizmga qarshi kurashda hech qachon taslim bo‘lmaymiz”, deb yozgan Makron o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Ma’lum qilinishicha, voqea joyiga kelgan hukumat rahbari Jan Kasteks hodisani “vahshiylik va qo‘rqoqlik hujumi” deb ta’riflab, buni terakt ekanini aytdi.

Qotillik bo‘yicha tergov Milliy aksilterror prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilib, ish Ivelin departamentining tergov organlari tomonidan o‘tkazilgan.

O‘z navbatida, Ile-de-Fransiya mintaqasi rahbari Valeriy Pessressa sodir bo‘lgan voqealarning bir nechta versiyalari, jumladan, terakt versiyasi ham ko‘rib chiqilayotganini aytdi.

Huquqbuzarning ismi hali e’lon qilinmagan. Politsiyadagi manba uning Tunis fuqarosi ekanini aytmoqda. U Fransiyaga 2009 yilda kelgan.

Bu voqea Fransiyada Islom diniga bog‘langan birinchi mojaro emas. O‘tgan 2020 yilning oktyabr oyida Parij yaqinidagi Konflans-Sen-Onorin shahrida Fransiyada qochqin maqomiga ega bo‘lgan 18 yoshli chechenistonlik hujum uyushtirdi. U so‘z erkinligi darsida shogirdlariga Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning karikaturalarini namoyish etgan mahalliy kollej o‘qituvchisining boshini kesib tashlagandi. Hujumchi politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.

Makron bu qotillikni ham “odatdagi islomiy terroristik hujum” deb atagandi.

Fransiya prezidentining bayonoti musulmon mintaqalarida tanqidiy qabul qilindi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Makronga “boshini tekshirib ko‘rishni” maslahat bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

319

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing