Makron Imomali Rahmonni Fransiyaga taklif qildi
Olam
−
26 avgust 2021
5349Joriy yilning oktyabr oyida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Fransiyaga tashrif buyurib, mamlakat rahbari Emmanuel Makron bilan uchrashadi. Bu haqda Yelisey saroyi (Prezident rezidensiyasi) bugun, 26 avgust kuni ikki davlat rahbarlarining telefon orqali muloqotidan so‘ng, tarqatgan xabarida aytilgan.
“Respublika Prezidenti Imomali Rahmonni Fransiyaga tashrif buyurishga taklif qildi. Prezident uni 13 oktyabrda qabul qiladi”, deyiladi xabarda.
Makron ma’muriyatining qayd etishicha, suhbat chog‘ida “ikki Prezident Afg‘onistondagi vaziyatdan chuqur xavotir ekanini ta’kidlagan”.
“Ular afg‘on qochqinlari bilan bo‘lgan vaziyatni, shuningdek, toliblar Qobuldagi hokimiyatni egallashining oqibatlarini muhokama qilishdi. Shuningdek, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida fikr almashishni davom ettirishga kelishib oldilar”, deya qayd etilgan Yelisey saroyi xabarida.
Bundan tashqari, Makron Fransiya va Tojikiston o‘rtasidagi muloqot darajasini yuqori baholab, hamkorlikning yangi shakllarini ishlab chiqishga tayyorligini bildirgan.
LiveBarchasi