Makron Fransiya prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida asosiy ovozlarni sanab chiqishdan keyin 58,55 foiz to‘pladi. Tegishli ma’lumotlar 25 aprelga o‘tar kechasi Fransiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

“Milliy birlashuv” partiyasi nomzodi Marin Le Pen 41,45 foiz ovoz to‘pladi. Avvalroq siyosatchi ikkinchi bosqichdagi raqibiga qo‘ng‘iroq qilib, uni saylovda kutilgan g‘alaba bilan tabriklagan edi. Shu bilan birga, tarafdorlari oldidagi mitingda so‘zga chiqqan Le Pen bu natijani partiyaning tarixiy muvaffaqiyati deb atadi va shu yil yozida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida kurashni davom ettirishga va’da berdi.

Idoraning ta’kidlashicha, “ma’lumotlarning yuzdan bir qismiga yaxlitlanganligi sababli, ishlov berishning yakuniy darajasi 100 foizga yetmasligi mumkin”. Fransiya Konstitutsiyaviy kengashi qanday bo‘lmasin, yakuniy natijalarni hafta o‘rtalarida chiqarishi kerak bo‘ladi.

Ayni paytda, Ichki ishlar vazirligi saylovda yavka 71,99 foizni tashkil etganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, qayta ishlangan byulletenlarning 8,6 foizi buzilgan yoki bo‘sh bo‘lib chiqdi. Hozircha bu beshinchi respublikada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi tarixidagi eng past yavkalardan biri hisoblanadi. Bundanda passiv ishtirok yavka 68,9 foizi tashkil etgan 1969 yildagina kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing