Makron emlanishni xohlamaganlarni haqoratlab, tahdid qildi

Olam

image

Fransiya Prezidenti  Emmanuyel Makron koronavirusga qarshi emlanishni istamagan mamlakat aholisi hayotini jiddiy murakkablashtirishi bilan tahdid qildi. Bu haqda u “Le Parisien” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Makron so‘zida hech kimni emlashga majburlamasligi, lekin odamlarni jamoat joylariga kirish va jamoat hayotidagi ishtirokini minimallashtirish orqali bunga undashga umid qilayotganini ta’kidlagan. 

Shuningdek, Prezident vaksina olmaganlarga nisbatan “emmerder” fe’lidan foydalangan, ushbu so‘z lug‘at etimologiyasida "najas bilan qoplash" iborasi bilan izohlanadi.

"Men ularni qamoqqa yubora olmayman. Shuning uchun aytishimiz kerakki, 15 yanvardan boshlab siz restoranga borolmaysiz, kofe icholmaysiz, teatr va kinoga borolmaysiz", degan Fransiya rahbari. 

Makronning siyosiy raqiblari esa uning tahdidlari va ayrim og‘zaki ifodalari mamlakat Prezidentiga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlamoqda.

Shu bilan birga, muxolifatdagi deputatlar hukumatga qarshi chiqdi va joriy yilning 4 yanvar kuni parlamentda koronavirus to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishga to‘sqinlik ko‘rsatishgan.  

Ma’lum qilinishicha, parlamentda emlanmagan odamlarning jamoat hayotida ishtirok etishini amalda taqiqlovchi ushbu qonun loyihasi bo‘yicha muhokama to‘xtatilgan. Qonun shu haftada qabul qilinishi kutilgan edi, biroq bu emlanishga qarshilarni jiddiy g‘azablantirgan va bir necha deputatlar, hatto, o‘lim tahdidi haqida xabar olganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing