“Makkor mart”. Dam olish kunlari havo isib ketadi

Bu qiziq

image

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 17 mart kuni biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 

O‘zgidrometga ko‘ra, so‘nggi kunlardagi ob-havo yana bir marotaba mart oyi ob-havo sharoiti bo‘yicha eng makkor oy ekanini ko‘rsatgan. Kechagina respublikaning barcha markaziy hududlarida qor yog‘di, bugun esa ertalabdan quyosh chaqnab turibdi.

Dam olish kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Mamlakatning ayrim hududlarida 17 mart, yakshanba kuni esa havo 15-20 daraja iliqqacha isish kuzatiladi. 

Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi, yakshanba kuni harorat kechasi 2-7 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. 

Bugun, 15 mart va dam olish kunlari tog‘larda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtda 15-17 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Ertaga, 16 mart kuni kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 13-15 daraja iliq; yakshanba kuni kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing