Maxsus kombinezonlarsiz “dostavka” bilan shug‘ullanganlar javobgarlikka tortiladi – IIV

Jamiyat

image

Fuqarolarning xavfli yuqumli kasalliklarga chalinishining oldini olish va sanitariya-epidemiologik xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 19 aprel kunidan boshlab maxsus kombinezon, tibbiy qo‘lqop va niqoblarsiz “dostavka” bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov ma’lum qilmoqda.

“Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlari hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilarga oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar, shuningdek, birinchi navbatdagi zarur mahsulotlarni yetkazib berish xizmatini amalga oshirish jarayonida maxsus kombinezon, tibbiy qo‘lqop va niqoblarda faoliyat olib borilishi lozimligi belgilangan”, dedi Shohruh G‘iyosov.

Matbuot xizmati rahbarining ta’kidlashicha, ushbu qoidaga amal qilmaslik O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga muvofiq ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. 

Ma’lum qilinishicha, mazkur kombinezonlarning sotuvi internet savdo tarmoqlarida yo‘lga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing