Maxachev Volkanovskiga javob qaytardi

Sport

image

Rossiyalik yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islom Maxachev avstraliyalik Aleksandr Volkanovskining so‘zlariga javob qaytardi. Bu haqdagi fikrlarini sportchi o‘z Twitter sahifasida bildirgan.

Maxachev so‘nggi raundda haqiqatdan ham raqibi ustunlik qilganini tan oldi, biroq jangning qolgan qismida rossiyalik o‘zi ustunlikka ega bo‘lganiga ishora qildi.

“Men ham jangni ko‘rib chiqdim va ochig‘ini aytsam, Aleks so‘nggi daqiqalarda ustunlikni qo‘lga oldi”, deydi Maxachev.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliyaning Pert shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 284 turnirida Islom Maxachev va Volkanovski o‘rtasidagi bahsda rossiyalik sportchining qo‘li baland keldi. Jangdan so‘ng Aleks Volkanovski Maxachev bilan to‘qnashuvda hakamlar noto‘g‘ri qaror qabul qilganini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing