Maxachev va Oliveyra jangining o‘tkazilish sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Rossiyalik MMA jangchisi Islom Maxachev UFC 280 doirasida braziliyalik jangchi Charlz Oliveyraga qarshi chempionlik jangini o‘tkazadi. Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu bellashuv joriy yilning 22 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi. Jang g‘olibi yengil vazn toifasida UFC chempionligini qo‘lga kiritadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan UFC 274 musobaqasidagi so‘nggi jangi oldidan Oliveyra ortiqcha vazn muammosiga duch keldi va bu orqali chempionlik unvonidan mahrum qilindi. Uning raqibi amerikalik Jastin Getji vazn limitini bajargan bo‘lsa-da, Oliveyrani mag‘lub qila olmadi. Shu sababli chempionlik kamari vakant qolgandi. 

Maxachev esa uzoq davom etgan g‘alabali seriyadan so‘ng, chempionlik unvoniga da’vogar pozitsiyasiga ko‘tarildi. UFC Fight Night 202 turniridagi so‘nggi jangida Islom amerikalik Bobbi Grinni birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

188

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing