Makgregor Poreni yutishiga ishora qildi

Sport

image

Irlandiyalik aralash jang san’ati ustasi Konor Makgregor UFC 257 turnirida amerikalik sportchi Dastin Pore bilan o‘tkaziladigan jangi uchun vaznini o‘lchadi. Bu haqda uning o‘zi Instagram sahifasida xabar bergan.

"155 va ular qochib ketishadi", deb yozgan Makgregor. 

Bu shuni anglatadiki, Makgregorning vazni allaqachon 155 funt (70,3 kg) bo‘lgan. Bu esa Pore bilan o‘tkaziladigan yengil vazn toifasidagi jang uchun yuqori chegara hisoblanadi.

Jang 2021 yilning 23 yanvariga rejalashtirilgan. Taxminlarga ko‘ra, jang Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Konor va Pore ilk marotaba 2014 yilda o‘zaro jang qilishgan. Jangda Makgregor birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongan.

Avvalroq, Konorning Poredan keyingi raqibi kim bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing