Maktabga borish majburiymi? XTV ota-onalarga murojaat qildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistondagi barcha maktablar to‘liq an’anaviy o‘qish shakliga qaytarilishi haqida xabar bergan edik. Xalq ta’limi vazirligi farzandini maktabga yubormay, onlayn shaklda o‘qitmoqchi bo‘lgan ota-onalarga murojaat qildi.

“Xalq ta’limi vazirligi havotirga o‘rin yo‘q ekanligini, uyida kasallik tarqalishiga havotir katta bo‘lgan, keksa odamlari bor hamda salomatligida surunkali xastaligi bo‘lgan o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun parallel ravishda “Onlayn-maktab” loyihasi ham davom ettirilishini ma’lum qiladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, vazirlik farzandini maktabga yubormaydigan ota-onalardan ularning vaqtini besamar o‘tkazmasliklari hamda uyda ta’lim olishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib, ularni to‘liq nazoratga olishlarini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

846

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing