Maishiy texnika – bu 8 mart uchun sovg‘a emas, balki uy uchun xariddir
Biznes
−
03 mart 2023
6315Multipishirgichlar, dazmollar va changyutgichlar uy uchun mo‘ljallangan texnikalardir, ammo bu 8 martga ayollar uchun sovg‘a emas.
texnomart oilaviy texnika do‘konlar tarmog‘i maishiy texnikalarni 8 martga ayollarga sovg‘a sifatida sotishdan bosh tortadi. Erkaklarga ayollar uchun smartfonlar, staylerlar, smart soatlar kabi ularga moslashtirilgan sovg‘alarga e’tibor berishni taklif qiladi.
texnomart* - bu oilaviy brend va shu uchun ushbu reklama kampaniyasi orqali biz O‘zbekistondagi er-xotinlar o‘rtadagi munosabatlarga boshqacha qarashga, munosabatlariga ozgina iliqlik va g‘amxo‘rlik qo‘shishlariga yordam bermoqchimiz.
Bilamizki, bizning erkaklarimiz o‘zlarining ayollariga kutilmagan sovg‘a sifatida maishiy texnika sovg‘a qilishadi, chunki ular tushunmaydilar, eshitmaydilar yoki ayolining kundalik ishlarini yengillashtirmoqchi bo‘ladilar. Yo‘q. Ular chinakam soddalik bilan kundalik tashvishlarni yengillashtirishga harakat qilishadi, ko‘pincha qo‘l bilan yuvish qanchalik qiyinligini, sevimli ko‘ylaklari yoki bluzkani bir necha marta dazmol qilishini bilishadi. Shuning uchun ular bunday xaridlar bilan ularga yengilroq bo‘ladi degan qarorni qabul qilishadi.
Bunday vaziyatda biz texnomart'da maishiy texnika ayolining kundalik vazifalarini qanchalik osonlashtirmasin, butun oila manfaati uchun xizmat qilishiga e’tibor berishga harakat qilamiz: ovqat pishirish, kiyim yuvish hamda toza va ozoda uy nafaqat ayol uchun, balki butun oila uchun.
Darhaqiqat, ayolning qiziqishlari va istaklarini inobatga olgan holda individual ravishda tanlangan sovg‘a yanada unutilmas va yoqimli bo‘ladi. To‘g‘rimi?
Bizning maqsadimiz bir-birlarini xursand qilishga intilayotgan g‘amxo‘r yaqinlar o‘rtasida ko‘prik bo‘lishdir.
Buning uchun biz bahoriy bayram kampaniyasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun "Ayollar uchun sovg‘alar"ning maxsus ассортиментini tayyorladik, unda yerkaklar o‘z ayollariga yangi smartfon, planshet, noutbuk, aqlli soat, aksessuarlar, stayler va boshqa go‘zallik va salomatlik mahsulotlarini tanlashlari mumkin.
Bayram kunlarida, texnomart do‘konlarida biz xaridorlar uchun har qanday xaridni maxsus sovg‘a o‘ramiga o‘rashni, chiroyli tabrik so‘zlari bor tabriknomalarni tanlashni yoki chiroyli gullar bilan sovg‘a qutisini xarid qilishlarini taklif qilamiz.
Ayollarga o‘z xohish-istaklarini va erkaklar uchun oson maslahatlarni ifoda etishni osonlashtirish uchun texnomart.uz veb-saytida "ayollar uchun sovg‘alar" tematik bo‘limi paydo bo‘ldi, unda har kim o‘z wishlist'ini to‘plashi va uni nafaqat yaqinlariga ulashishi, balki Instagram’dagi tanlovda ham ishtirok etishi mumkin. Buning uchun wishlist'dan bitta mahsulotning skrinshotini olib, Instagram’ga #8martgasovga xeshtegi bilan @texnomart rasmiy sahifasini belgilab, storys qo‘yishlari kifoya.
2023 yil 10 mart kuni biz jonli efirda tanlov o‘tkazamiz, u yerda tasodifiy tarzda 3 ta baxtli g‘olibni aniqlaymiz, ular storyslarida qo‘ygan sovg‘alarni olishadi. Orzularingizda bardavom bo‘lishingizni tilaymiz, chunki ular haqiqatga aylanishi mumkin!
Faoliyat va mavjud aksiyalar haqida batafsil bilish uchun texnomart.uz veb-saytiga o‘ting, bizning ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring yoki vaqtingizni tejab, call-markazimizga: +99871 209 99 44 raqamiga murojaat qiling, biz mamnuniyat bilan javob beramiz!
LiveBarchasi