Maishiy chiqindilarga to‘lovlarni undirishning yangi tizimi yaratiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 iyuliga qadar chiqindi korxonalari negizida har bir viloyatda 1 tadan tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish markazini tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 2 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlardagi ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahridagi “Maxsustrans” korxonasining transformatsiya jarayonlarini yakunlab, uning negizida xususiy sherikchilik korxonasini tashkil etishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Umuman, maishiy chiqindiga to‘lov yig‘ishning amaldagi tizimi samarasiz ekanligi ta’kidlanib, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda maishiy chiqindilarga to‘lovlarni undirishning mutlaqo yangi tizimini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, organik, qurilish, tibbiyot chiqindilarini yig‘ish, saralash, olib chiqish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishning xavfsiz tizimini yaratish kerak. Shu munosabat bilan 1 iyulga qadar chiqindi korxonalari negizida har bir viloyatda 1 tadan tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish markazini tashkil etish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

399

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing