MDHda tanilgan aktrisa saratonga chalindi. U hozir komada

Madaniyat-san’at

image

“Mening betakror enagam” (Moya prekrasnaya nyanya)seriali orqali o‘zbek tomoshabinlariga ham yaxshi tanish bo‘lgan 48 yashar aktrisa Anastasiya Zavorotnyuk saraton xastaligiga chalingani aytilmoqda. Ma’luomotlarga qaraganda, saraton miya shishi bilan bog‘liq. 

Xabarlarga qaraganda, unda xastalikning to‘rtinchi bosqichi kechmoqda. Ayni vaqtda esa “betakror enaga”ning ahvoli yanada og‘irlashgan. Moskva shimoli-sharqida joylashgan xususiy onkologik klinikada qolayotgan aktrisani davolayotgan shifokorlar qo‘lidan kelgan barcha muolajalar qilinganini qayd etdi. 

Aktrisada biologik o‘lim holati qayd etilgan. Biroq, bu bilan bog‘liq xabarlarning hech biri uning oila a’zolari tomonidan tasdiqlangani yo‘q. Mahalliy OAVning qayd etishicha, Anastasiya Zavorotnyukning ichki organlari faoliyati to‘xtagan. 

Shikoforlarning ta’kidlashicha, aktrisaning ahvoli birdan og‘irlashishiga sabab kuchli asabiy zo‘riqish bo‘lishi mumkin. Yaqinda u otasi va akasini yo‘qotgan. Qolaversa, 2012 yildan buyon aktrisa ipoteka krediti masalasida sudlashib kelayotgan edi. U so‘nggi vaqtlarda sutkasiga 12 soatdan ishlagan. 

OAVning yozishicha, aktrisaning saratonga chalinishiga eko, sun’iy urug‘lantirish sabab bo‘lgan. U yaqinda shu yo‘l bilan kenja qizini dunyoga keltirgan edi. Shu bois u bundan ikki yil avval saratondan vafot etgan Janna Friske bilan taqqoslanyapti. Xonanda ham o‘limidan avval farzand dunyoga keltirgan edi. Boisi Friskeda ham tug‘ruqdan keyin miya shishi aniqlangandi. 

Ma’lumot o‘rnida, u 1971 yilning 3 aprel kuni Astraxanda tug‘ilgan. U telerejissyor Yuriy Zavorotnyuk va Rossiya xalq artisti Valentina Zavorotnyukning qizi. 

U kinodagi faoliyatini 1991 yilda boshlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Anastasiya Zavorotnyuk

Baholaganlar

286

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar