Magistraturaga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi

Jamiyat

image

2021-2022 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin.

1. magistr.dtm.uz sayti orqali:

pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2. https://mandat.dtm.uz/Magistr/Magistr sayti orqali:

talabgorning ID raqamini kiritish yoki tegishli OTM va mutaxassislikni tanlash orqali.

3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (talabgorning ID raqamini yuborgan holda):

  • @mandat2021bot
  • @mandat_2021_1_bot
  • @mandat2021_2_bot
  • @mandat2021_3_bot
  • @mandat2021_4_bot

4. Test natijalari qaydnomasi orqali:

qaydnomalar oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing