Magistratura va doktoranturaga kirishda chet tilini bilish sertifikati talab etiladi
Jamiyat
−
06 may 2021
7855Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazilmoqda.
Selektordan quyidagi muhim ma’lumotlar taqdim etildi:
Ta’kidlanishicha, keyingi 3 yil davomida maktablardagi jami 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilari xalqaro sertifikat olishlari zarur. Yuqori ball olgan o‘qituvchilarga o‘qish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun Prezident sovrini ta’sis etiladi. Tuman/shahar g‘olibiga 100 mln, viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan maktabga 200 mln, Respublikada birinchilikni qo‘lga kiritgan maktabga esa 500 million so‘mgacha mukofot beriladi.
Kelgusi yildan boshlab magistratura va doktoranturaga kiruvchilar chet tilini bilish xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish talabi kiritiladi.
LiveBarchasi