“Magic City”da janjal yuz berdi
3-sahifa
−
11 avgust 2022
8462Toshkent shahridagi “Magic City” istirohat bog‘ida faoliyat yuritayotgan ikki fotosuratchi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 6 avgust kuni kechqurun “Magic City” istirohat bog‘ida faoliyat yuritayotgan ikki fotosuratchi o‘rtasida janjal yuz bergan.
Oqibatda qashqadaryolik 20 yoshli fuqaro Sh.D. hamkasbi 25 yoshli H.K.ga o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘ini o‘qtalgan.
Voqea joyiga yetib kelgan Ichki ishlar organi xodimlariga fuqaro Sh.D tomonidan qattiq qarshilik ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, xodimlar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini yordamga chaqirgan va fuqaro qo‘lga olingan.
Jarohatlangan fuqaro H.K.ga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hozirda uning salomatligi qoniqarli.
Huquqbuzar Sh.D.ga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik) va 194 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari bo‘yicha jazo turi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi