Madrimov va Soro o‘rtasidagi revansh jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image
0:00
0:00
download

Isroil Madrimov va Mishel Soro o‘rtasida revansh jangi joriy yilning iyul oyida o‘tkaziladi. Bu haqda “Y12 Boxing” promouterlik kompaniyasi ma’lum qilgan.

“Y12 Boxing”ning ma’lum qilinishicha, ushbu bahs 9 iyul kuni Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tadi.

2021 yil dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda Madrimov gongdan so‘ng Soroga bir nechta zarbalar yo‘llagandi. Natijada, jang 9-raundda Isroilning foydasiga texnik nokaut bilan yakunlandi. Ammo Mishel Soroning jamoasining jangdan keyin, o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasi gongdan keyin berilgan zarbalar evaziga bo‘lganni iddao qilgandi.

Isroil Madrimov ham Soroning jamoasi bildirgan fikrni keskin inkor etmagan va raqibiga revansh berishini aytgandi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘zbekistonlik bokschi professional faoliyatini 2018 yilning 24 noyabirida Vladimir Ernandezga qarshi jang bilan boshlagan. Ushbu jangda Isroil Madrimov nokaut evaziga g‘alaba qozongan. 27 yoshli charm qo‘lqop ustasi professional boksda 8 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing