Madina Muxtorovaning oilasiga oid masala yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan aktrisa Madina Muxtorovaning kenja o‘g‘lining kaltaklanishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha Yunusobod tumani 7-sonli IIBda matbuot anjumani o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. 

Matbuot anjumanida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorova ham ishtirok etib, oilasiga daxldor voqealar haqida tushuntirish berishga harakat qildi. 

Yig‘ilishda ishtirok etgan QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, 4 yanvar kuni, Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni 6 kundan ortiq, ammo 21 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

“Jinoyat ishi tergov harakatlari natijasida har bir berilayotgan savollarga javob bo‘ladi. Hozir videoni kim chiqaribdi degan bilan haqiqatga kelolmaymiz. Biz qonuniy ravishda tergov harakatlarini to‘liq amalga oshirganimizdan keyin sizlarga bu haqda ma’lumot beramiz”, deydi Toshken shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tergov boshqarmasi boshlig‘i.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing