“Made in China”: Ozarbayjonda vaksinatsiya boshlanmoqda

Olam

image

Ozarbayjon rasmiylari 18 yanvardan boshlab aholini koronavirusga qarshi emlashni boshlaydi. Bunda Xitoyda ishlab chiqarilayotgan “CoronaVac” vaksinasidan foydalaniladi Bu haqda bugun, 16 yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi Shahmar Movsumov brifingda ma’lum qildi.

“Koronavirusga qarshi emlashni 18 yanvardan boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deydi Prezident ma’muriyati vakili.

Ozarbayjon Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Teymur Musayevning so‘zlariga ko‘ra, emlash Xitoyning “Sinovac Biotech” farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “CoronaVac” vaksinasi bilan amalga oshiriladi. 

“Ozarbayjon tomonidan buyurtirilgan 4 million doza vaksina Turkiyaga yetkazib beriladi, u yerda laboratoriyalarda standartlarga muvofiqligi sinovdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, qadoqlanib, Ozarbayjonga bir necha partiyalarda yetkazib beriladi”, deydi Musayev.

Movsumov o‘z navbatida, vaksinaning birinchi partiyasi allaqachon mamlakatga keltirilganini qo‘shimcha qildi va birinchi bosqichda tibbiyot xodimlari emlanishini aytdi. Ikkinchi bosqich, u ta’kidlaganidek, 1 fevraldan boshlanadi. Bosqich doirasida 65 yoshdan oshgan fuqarolar emlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing