Madaniyat vazirligining vazifalari qaytadan belgilandi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2021 7128 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7 sentyabrdagi 558-son qarori bilan Madaniyat vazirligi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Madaniyat vazirligi to‘g‘risida Nizom quyidagilarni belgilaydi:
• Madaniyat vazirligi organlarining tizimini;
• Vazirlik, uning Markaziy apparati, hududiy organlari, viloyat va tuman (shahar) madaniyat boshqarmalarining vazifalari va funksiyalarini;
• vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligini;
• vazirlik faoliyatini tashkil etish va uning boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibini;
• Vazirlik hay’ati ishini tashkil etishni;
• Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlarini;
• Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishni;
• Vazirlikning Vazirlar Mahkamasiga va Prezidentga hisob berishini.
Quyidagilar Madaniyat vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari hisoblanadi:
• madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash va ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazishga qaratilgan ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
• badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish;
• madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
• madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish;
• davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini chet ellarda keng targ‘ib qilish.
Live
Barchasi