“Madaniyat”dagi madaniyatsizlik (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Kecha, 28 dekabr kuni Kinochilar uyida “Oltin Humo” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbek kinosida kimlar eng yaxshi ekanligi aniqlandi.

Taqdirlash marosimiga o‘zbek kino san’atining yirik darg‘alari, ushbu sohaga kirib kelayotgan yosh aktyor va aktrisalar, shuningdek, ko‘plab kino ixlosmandlari tashrif buyurgan.

Suratkash Xolida Musulmon esa, tadbirning salbiy tomoniga e’tibor qaratdi. Uning diqqatini taqdirlash marosimidan so‘nggi zalning ahvoli, chiqindizorga aylangan “madaniyat uyi” tortgan. 

QALAMPIR.UZ fotografning o‘zbek tomoshabinlarining tomosha qilish madaniyati aks etgan o‘sha suratlarini e’tiboringizga havola etadi.

Tomoshabinlar zalga suv idishlari, polietilenlar, kirish uchun taklifnoma qog‘ozlari va boshqa turli byumlarni tashlab ketishgan. 

Fotograf Xolida Musulmonning o‘zi bu suratlarni Facebook sahifasiga joylar ekan, bu qizil yo‘lakning asl haqiqatlari ekanini yozib qoldirgan.

"Eh-heyeye bu yerga kiraman deganlar qancha-yu, kirolmay ko‘chada tirnoq chaynab qolganlar qancha... 

Bu yerdan faqat haqiqiy "madaniyat" kishilari joy olgan(di)", deya izohlagan o‘z suratlarini u.

Ma’lumot o‘rnida, Qatarda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida yaponiyalik muxlislar garchi o‘z terma jamoalari mag‘lub bo‘lsa-da, yuksak madaniyat namunasini ko‘rsatib, tribunada o‘zlari o‘tirgan joydagi chiqindilarni tozalab ketgan edi.

Bu esa butun dunyo oldida yaponiyaliklarga bo‘lgan hurmatni yana bir necha barobarga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

657

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing