Abituriyentlardan yig‘ilgan 53 mlrd so‘m pullar nimalarga sarflandi?
Jamiyat
−
07 avgust 2020
9135Davlat test markazi tomonidan o‘tgan yildan boshlab avvalgi yillardan qolgan abituriyentlar OTMga hujjat topshirish jarayonida EKIH (hozirda Bazaviy hisoblash miqdori)ning 50 foizi miqdorida to‘lov qilishi belgilangan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilining o‘zida OTMga 1,3 mln atrofida abituriyent hujjat topshirgan. Ularning 700 ming nafardan ortig‘i birinchi hujjat topshirgan, qolgan 500 mingdan ortig‘ini OTMga kira olmagan yoshlar tashkil qilgan va ular to‘lov amalga oshirgan. Yakunda esa 53 mlrd so‘m yig‘ilgan. Ho‘sh, ulardan olingan mablag‘lar nimalarga sarflandi.
QALAMPIR.UZ muxbiri mazkur masala yuzasidan DTM rasmiylarini savolga tutdi. Savolga DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘lar Davlat test markazining jamg‘armasiga kelib tushadi va u jamg‘armadagi pullar nimalarga sarflanishi alohida belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xodimlar malakasi oshirilgan va DTMning moddiy texnik bazasi yangilangan.
“O‘tgan yilning hisobini olib qaraydigan bo‘lsak hodimlarimizning 70 nafarga yaqini sohasi bo‘yicha chet elda malaka oshirib keldi. Davlat test markaziga yangi chop etish texnologiyalari olib kelindi. Bizda bir yil ishlatilgan texnologiyalarni keyingi yilga ishlatib bo‘lmaydi, yoki to‘liq yangidan ta’mirlash kerak bo‘ladi”, dedi Sardor Rajabov.
Ammo test jarayonining shaffof o‘tishi va inson omilini kamaytirish uchun yangi texnikalar olib kelingani haqida hech qanday ma’lumot aytilmadi. To‘g‘ri, DTM abituriyentlardan yig‘ilgan pullarning 16 mlrd so‘mga yaqini nimalarga sarflangani haqida ma’lumot bergandi.
Ma’lumot uchun, bu yilgi test sinovlaridan 10 kun avval har bir abituriyentning telefoniga “SMS” xabarnoma keladi va abituriyent qayerda va qaysi payt test topshirishini aniq bilishi mumkin bo‘ladi. Test najalari esa har doimgidek, test toshirilgan kuning ertasiga e’lon qilinadi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi