Madaniy meros ob’ektida tilla qidirgan ota-bola ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Shohruxiya shahristoni” moddiy madaniy meros ob’ektida noqonuniy oltin izlash bilan shug‘ullangan ota-bola qo‘lga olindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi ma’lum qildi.

Ushbu shaxslar maxsus metall qidiruv moslamasi yordamida madaniy meros ob’ektidan 3 dona temir metall buyumi olayotganda qo‘lga olingan.

Ayni damda qonunbuzarlarninig shaxsiga aniqlik kiritilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasiga ko‘ra, moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan yerlarda hamda ularga tutash hududlarda yer qazish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik ishlari va boshqa ishlar, shuningdek, moddiy-madaniy meros ob’ektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar maxsus ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin

Baholaganlar

339

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing