Madagaskarda qamoqqa olingan barcha jurnalistlar afv etildi

Olam

image

Madagaskar Prezidenti Andri Radzuelina Matbuot erkinligi kunida barcha qamalgan jurnalistlarni ozod qilishga qaror qildi.

Jahon matbuot erkinligi kuni (World Press Freedom Day) 1994 yildan beri har yili 3 may kuni nishonlanadi. Ushbu kunni nishonlash tashabbusi Afrika mamlakatlari mustaqil matbuot vakillaridan chiqqan.

“Matbuot erkinligi kunida men Madagaskar qamoqxonalarida hibsga olingan barcha jurnalistlarni ozod qilishga qaror qildim. Soxta xabarlarsiz xolis, adolatli ma’lumotlar erkin va professional matbuot kafolati bo‘lishi kerak bo‘lgan asosiy huquqdir”, deb yozdi Madagaskar rahbari Twitter’dagi o‘z sahifasida.

Prezident qancha jurnalist ozod qilinishi haqida aniq ma’lumot taqdim etmagan.

Ma’lumot o‘rnida, “Chegara bilmas muxbirlar” (RSF) xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan Matbuot erkinligi indeksida 2020 yil uchun Madagaskar 54-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Madagaskar

Baholaganlar

40

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing