“Mablag‘larimiz juda cheklangan”. Prezident ayrim hudud rahbarlari ishdan olinishini aytdi

Jamiyat

image

Ko‘pchilik rahbarlar tibbiyotga oid qo‘yilgan vazifalarni to‘liq tushunib yetmayapti. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 1 aprel kuni tibbiyotdagi islohotlarni jadallashtirish chora tadbirlariga qaratilgan yig‘ilishda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda yig‘ilishda ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ Bosh muharriri.

“Afsuski, ko‘pchilik rahbarlar tibbiyotga oid qo‘yilgan vazifalarni to‘liq tushunib yetmayapti. Bugun ham, masalani ichiga kirmagan, dunyoqarashi o‘zgarmagan, ushbu savollarga javob bera olmagan soha va hudud rahbarlari ishdan olinadi. Chunki mablag‘larimiz juda cheklangan. Agar bu masala bilan muntazam shug‘ullanmasak, xalqimizni rozi qila olmaymiz”, deya ta’kidladi Prezident Mirziyoyev.

Avvalroq o‘tgan 6 oyda Qoraqalpog‘iston. Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari hamda 37 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishdan olingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

589

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing