Ma’muriy ishlar bo‘yicha apellyatsiya muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun imzolandi.

Ma’lum qilinishicha, kiritilgan o‘zgartishlar bilan Ma’muriy sud ishlarini yuritishda nazorat instansiyasi tugatilgan.

Biznes ombudsmanga birinchi instansiya sudining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati taqdim qilish huquqi berilgan.

Apellyatsiya shikoyati qaror qabul qilingandan bir oy muddatda berilishi mumkinligi belgilangan (ilgari bu muddat 20 kun edi).

Apellyatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish masalasini hal etishga oid ajrim haqida ishtirok etuvchi shaxslar 3 kunda xabardor qilinadi (ilgari xabardor qilish ajrim chiqarilgan kunda amalga oshirilgan).

Kassatsiya shikoyati apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilinganidan 1 yilda berilishi mumkin (ilgari hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy ichida berilishi mumkin edi).

Shuningdek, manfaatdor shaxslar ishlarni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest keltirish haqidagi ariza bilan Oliy sud raisi, Bosh prokuror va ularning o‘rinbosarlariga murojaat qilishga haqli.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing