Mahmud Murodovning UFC'dagi navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image
0:00
0:00
download

UFC'dagi o‘zbekistonlik ilk jangchi Mahmud Murodov navbatdagi jangini joriy yilning 3 sentyabr kuni Parijda o‘tkazadi. Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar berdi.

Murodovning navbatdagi raqibi kelib chiqishi Dog‘istonga borib taqaladigan germaniyalik Abusupyan Magomedov bo‘ladi. Qayd etish joizki, germaniyalik jangchi uchun Mahmudga qarshi jang UFC'dagi ilk chiqish bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Murodov UFC'dagi oxirgi jangini 2021 yilning 28 avgust kuni amerikalik Jerald Myorshartga qarshi o‘tkazib, sabmishin evaziga mag‘lub bo‘lgan edi. Bu Mahmud uchun UFC'dagi ilk mag‘lubiyat edi. Bungacha Murodov UFC'da uchta g‘alaba qayd etgan. Umuman olganda, Murodovning MMA'dagi hisobotida 32 jangdan 25 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat mavjud.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

539

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing