Mahmud Murodov raqibini texnik nokautga uchratdi (video)

Sport

image

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan UFC 257 turnirida o‘zbekistonlik Mahmud Murodov oktagonga ko‘tarildi. Murodovning jangi kechaning asosiy kardida bo‘lib o‘tdi.

Mahmud Murodovga ushbu jangda amerikalik Endryu Sanches raqiblik qildi. Murodov bahsning 3-raundida raqibini texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozondi.

Sportchi jang so‘ngida g‘alabani O‘zbekiston uchun bag‘ishlab, uni qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston MMA federatsiyasi prezidenti Otabek Umarovga minnatdorlik bildirdi.

Ushbu g‘alaba Mahmud Murodovning UFC’dagi uchinchi g‘alabasi hisoblanadi. O‘zbekistonlik sportchi UFC’da hali mag‘lubiyat yoki durang qayd etgani yo‘q: 3 ta jang, 3 g‘alaba.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

776

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing