Mahmud Murodov Chexiyada yashash huquqidan mahrum bo‘ldi
Sport
−
05 Sentabr
20744O‘zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Mahmud Murodov Chexiyada istiqomat qilish huquqidan ayrildi. Bu haqda “Sports.cz” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Murodov mamlakatda uyushgan jinoyatchilar bilan doimiy aloqa o‘rnatgani oqibatida unga nisbatan Chexiya sudi mamlakatda doimiy yashash huquqidan mahrum qilish jazosini qo‘llagan.
Murodov sud hukmidan keyin Chexiyani tark etishi kerak, shuningdek, qo‘shiqchi Monika Bagarova bilan tarbiyalayotgan qizi bilan ham shaxsiy aloqani yo‘qotadi. Bu uning mahalliy sharoitda MMA o‘yinlariga tayyorgarligiga ham zarba bo‘ldi, chunki u faqat iyun oyida Octagon MMA tashkilotiga qaytdi va tashkilotda 21 sentyabr kuni Brnoda ilk jangini o‘tkazishi kerak.
34 yoshli Murodov hozirda bo‘lajak jangiga Polshada tayyorgarlik ko‘rmoqda.
OAV Murodov bilan bog‘langanida hozirda u bilan hammasi yaxshiligini, sud hukmi bo‘yicha appelyatsiyasi esa rad etilganini bildirdi.
Qayd etish joiz, Mahmud Murodov shu yil may oyida UFCʼdagi janglarini bekor qilavergani bois, tashkilotdan chetlatilgandi. U iyul oyida Octagon MMA ligasi bilan shartnoma tuzdi.
LiveBarchasi