Mahkumni 10 ming evaziga ozodlikka chiqarmoqchi bo‘lgan hamshira ushlandi
3-sahifa
−
16 dekabr 2021
11230Qoraqalpog‘istonda mahkumni ozod qilish uchun 10 ming dollar so‘ragan hamshira qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi Sh.A. manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum F.ning ishonchiga kirgan. Keyin uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 10 ming dollar evaziga muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berishni va’da qilgan.
Qayd etilishicha, Sh.A. so‘ralgan puldan 5 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi