Mahkumlarning yaqinlari bilan uzoq muddatli uchrashuvga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga yaqin qarindoshlari bilan uchrashuvlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda bois IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislarining tavsiyalari olingan.

Unda karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari uzoq muddatli uchrashuv berish tavsiya etilgan.

Shuningdek, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (emizikli bolalardan tashqari) uchrashuvga 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat oralig‘ida koronavirusga test topshirgani va natija manfiyligini – virus yo‘qligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma bilan kelishlari talab etiladi.

Shu o‘rinda uzoq muddatli uchrashuv so‘rab murojaat qilganlarning barchasiga bir vaqtning o‘zida uchrashuv berish imkoniyati mavjud emasligini eslatib o‘tilgan.

Shundan kelib chiqqan holda, jazoni ijro etish muassasalarida fuqarolarni uchrashuvga kirish ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha dolzarb aloqa tarmoqlari tashkil etilgan.

“Fuqarolarimiz soat 9.00dan 18.00gacha (dam olish kunlaridan tashqari) mazkur dolzarb aloqa tarmoqlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolarimizdan jazo muddatini o‘tayotgan shaxs bilan uchrashish uchun dolzarb aloqa tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini, uchrashuvga belgilangan muddatlarda kelib, karantin qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi departament xabarida.

Bog‘lanish uchun jazoni ijro etish koloniyalarining dolzarb aloqa raqamlari:

•    1-son jazoni ijro etish koloniyasi – 365-220-70-02

•    2-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-00-82

•    3-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-10-61

•    4-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-224-77-81

•    5-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-555-23-65

•    6-son jazoni ijro etish koloniyasi – 69-434-42-33

•    7-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-169-64-13

•    10-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-506-64-51

•    11-son jazoni ijro etish koloniyasi – 78-770-37-34, 95-603-49-07

•    12-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-572-55-85

•    13-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-717-08-50

•    14-son jazoni ijro etish koloniyasi – 99-842-41-24

•    17-son jazoni ijro etish koloniyasi – 94-545-21-81

•    20-son jazoni ijro etish koloniyasi – 65-522-22-10

•    21-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-975-85-65

•    22-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-202-38-52

•    24-son tarbiya koloniyasi – 70-202-37-51


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing