Mahkumlarni saqlash holati ustidan nazorat olib borish jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.  

Qarorga muvofiq, joriy yilning 1 iyulidan shaxslarni profilaktik hisobga olishning elektron tizimi joriy etiladi.

“Xavfsiz ta’lim muassasasi” tamoyili asosida tuman, shahar ichki ishlar organlari tarkibida 2 000 ta shtat birliklaridan iborat voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog lavozimlari joriy etiladi hamda ular bevosita umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xizmat o‘taydi.

2021–2023 yillar davomida jazoni ijro etish tizimini raqamlashtirish orqali sohada inson omilini istisno etish va jazoni o‘tashning tartibotini ta’minlash maqsadida:

jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida qat’iy intizom va qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, shuningdek, mahkumlarni saqlash holati ustidan nazorat olib borish jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi;

jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar, shu jumladan ularning qarindoshlari tomonidan qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarni erkin bozor mexanizmlariga asoslangan elektron do‘konlar orqali sotib olish imkoniyati yaratiladi;

har bir mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi ma’lumotlar elektron bazasi yuritiladi va uning asosida mahkumlarni taqsimlash jarayoni to‘liq raqamlashtiriladi. 

Shuningdek, 2021 yil yakuniga qadar quyidagilar yaratiladi: 

  • ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining elektron ma’lumotlar bazalarini yagona platforma negizida birlashtirish asosida “E-ichki ishlar organlari” markazlashgan axborot tizimi;
  • Ichki ishlar vazirligining Ma’lumotlarni qayta ishlash yagona markazi.

Qaror bilan shuningdek, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing