Mahkumlarga OTMga kirish va ta’lim olish huquqi beriladi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasalari talabalari jinoyat sodir etib, jazoni ijro etish muassasasiga tushib qolsa, ularga o‘qishini onlayn davom ettirish imkoniyati beriladi. B u haqda IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

“Bu turdagi mahkumlarga o‘qishni davom ettirish imkoniyatlarini yaratish, umuman, jazoni ijro etish muassasalaridagi jazoni o‘tayotgan shaxslar oliy ta’lim muassasalarida onlayn tarzda o‘qishini belgilash bo‘yicha Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Bosh prokuratura bilan birgalikda Prezident qaror loyihasini tayyorlab, Prezident administratsiyasiga topshirgan”, degan Tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Jamshid Sultonov.

Qaror doirasida qamalguniga qadar talaba bo‘lgan mahkumlarning o‘qishini davom ettirib ketishi, bundan tashqari, jazo muddatini o‘tash davrida yaratilgan imkoniyatlar foydalangan holda o‘qishga tayyorgarlik ko‘rib, oliy ta’lim muassasalariga kirishi, o‘qishga kirgan talabalar uchun jazoni o‘tashning alohida tartiblarini joriy qilish bo‘yicha ham bandlar belgilangan.

Sultonovning qo‘shimcha qilishicha, loyiha 18 ta vazirlik va tashkilot bilan muhokama qilingan. Hozirda loyiha imzolanish arafasida.


Maqola muallifi

Teglar

koloniya mahkum

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing