Mahalliy oliygohlararo o‘qishni ko‘chirish natijalari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda mahalliy oliygohlararo o‘qishni ko‘chirish imtihoni javoblari joriy yilning 6 sentyabr kuni soat 16:00 dan boshlab OTM rasmiy saytida e’lon qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, vazirlik vakolatidagi talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan arizalar (OTMlardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi OTMlarga mos va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha) vazirlik komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Ko‘rib chiqish natijalari ariza mualliflariga quyidagi tartibda e’lon qilinadi:

•  O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilmagani bo‘yicha ma’lumotlar ariza mualliflarining transfer.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi. Shunga ko‘ra, ushbu toifadagi talabalar 2021 yil 5 sentyabr kuni soat 10:00 dan boshlab arizalarining ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha shaxsiy kabinetlari orqali ma’lumot olishlari mumkin.

•  O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati 2021 yil 6 sentyabr kuni soat 16:00 dan boshlab talabalar o‘qishi ko‘chirilishi so‘ralgan OTMlarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

•  O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalarning bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirilishi muayyan OTM tomonidan uzrli sabablarni asoslovchi hujjatlarning asli ko‘rib chiqilgandan so‘ng belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing